«nodirbek abdusattorov» tegli maqolalar


Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess superturnirida uchinchi o‘rinni egalladi
4 fevral 2025, 21:12

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess superturnirida uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyodagi eng qadimiy va kuchli turnirlardan biri — Veyk-an-Zeyedagi Tata Steel Chess’da uchinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillardagi kabi, u g‘alaba qozonishga yaqin edi, lekin finishda uch marta qoqildi.

“Diniy sabablarga ko‘ra”. Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik shaxmatchi ayol bilan nega qo‘l berib ko‘rishmaganini tushuntirdi
27 yanvar 2025, 23:43 2

“Diniy sabablarga ko‘ra”. Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik shaxmatchi ayol bilan nega qo‘l berib ko‘rishmaganini tushuntirdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev nufuzli Tata Steel Chess turnirida hindistonlik shaxmatchi ayol Rameshbabu Vaishali bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. U diniy sabablarga ko‘ra boshqa ayollarga teginmasligini tushuntirdi.

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida
24 sentabr 2024, 23:50

“Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi”. Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Kramnik terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat olimpiadasi natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Nodirbek Abdusattorov boshqa yosh shaxmatchilar bilan birga “juda-juda uzoq vaqt top darajada qolishini” aytdi.

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston bronza, Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi
23 sentabr 2024, 08:50

Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston bronza, Shamsiddin Vohidov oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida 189 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxmatchi Shamsiddin Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar jamoasi 12-o‘rinni egalladi, Nodira Nodirjonova esa o‘z doskasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi
20 sentabr 2024, 18:20

Shaxmat Olimpiadasi: Nodirbek Abdusattorov Serbiya bilan o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

Shaxmat Olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyani yutib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Uchrashuvda natija durang bo‘lishi, jamoa medal olish imkoniyatini yo‘qotishi taxmin qilinayotgan paytda Nodirbek Abdusattorov g‘alabani tortib oldi. Endi ular favorit jamoa — Hindiston bilan to‘qnash keladi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi
29 avgust 2024, 18:48

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov AQShda o‘tkazilgan Sinkfild kubogi nufuzli turnirida 3−4-o‘rinlarni egallab, 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Oxirgi turda u 27 ta harakatda Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. Alireza Firuzja birinchi, Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi
15 may 2024, 14:42

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Varshavadagi turnirda oltinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour`ning birinchi bosqichi — Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida oltinchi o‘rinni egalladi va 11 ming dollar mukofot puli oldi. G‘olib Magnus Karlsen bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etadi
7 may 2024, 16:51

Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 — mukofot jamg‘armasi 175 ming dollar bo‘lgan Grand Chess Tour’ning birinchi bosqichida ishtirok etadi. Turnirda Magnus Karlsen, Dommaraju Gukesh va boshqa shaxmatchilar ham ishtirok etadi.

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi
4 may 2024, 00:30

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada o‘tkazilgan TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turniri chempioniga aylandi. U tay-breykda Arjun Erigaysi va Pyotr Svidlerni mag‘lub etdi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘ldi
1 aprel 2024, 22:27

Nodirbek Abdusattorov dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDEning mart oyi yakunlari bo‘yicha rasmiy reytingida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi.

Nodirbek Abdusattorov Pragada g‘alaba qozonib, dunyoning to‘rtinchi shaxmatchisiga aylandi. Endi uni nima kutmoqda?
9 mart 2024, 13:54

Nodirbek Abdusattorov Pragada g‘alaba qozonib, dunyoning to‘rtinchi shaxmatchisiga aylandi. Endi uni nima kutmoqda?

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Pragadagi superturnirda muddatidan avval g‘olib chiqdi va onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Shaxmat murabbiyi Georgiy Shvanov ushbu muvaffaqiyat va u ochayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi
4 mart 2024, 20:12

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan superturnirda uchta g‘alaba qayd etganidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan biriga aylandi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi
29 fevral 2024, 15:32

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi
3 fevral 2024, 01:54

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

G‘alabagacha ikki qadam: shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turnirida qanday ishtirok etdi?
29 yanvar 2024, 23:14

G‘alabagacha ikki qadam: shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turnirida qanday ishtirok etdi?

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel superturniri yakunida tay-breykdagi mag‘lubiyat tufayli peshqadamlikni boy berdi va 3−4-o‘rinlarni bo‘lishdi. Biroq 17 reyting balli qo‘shib oldi va dunyoning eng kuchli 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi. “Gazeta.uz” uning turnirdagi ishtiroki haqida hikoya qiladi.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2024 superturnirida ishtirok etadi
10 yanvar 2024, 09:40

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2024 superturnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tadigan Tata Steel Chess turnirida ikkinchi bor ishtirok etadi, unda amaldagi jahon chempioni Din Lijen va jahon reytingida kuchli 10 talikdan joy olgan yana uchta grossmeyster ham qatnashadi.

Shaxmatchi Magnus Karlsen rapid bo‘yicha jahon chempioni unvonini saqlab qoldi
28 dekabr 2023, 21:39

Shaxmatchi Magnus Karlsen rapid bo‘yicha jahon chempioni unvonini saqlab qoldi

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen rapid bo‘yicha besh karra jahon chempioni bo‘ldi. Samarqanddagi turnirda Nodirbek Abdusattorov so‘nggi partiyada durang o‘ynab, kuchli uchlikka kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 11-o‘rinni egalladi.

Rapid bo‘yicha JCH: Magnus Karlsen yetakchilikni saqlab qoldi, Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov kuchli 30 talikka kirdi
28 dekabr 2023, 20:02

Rapid bo‘yicha JCH: Magnus Karlsen yetakchilikni saqlab qoldi, Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov kuchli 30 talikka kirdi

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni yakuniga ko‘ra Magnus Karlsen peshqadamlikni saqlab qoldi. O‘zbekiston vakillaridan Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov kuchli 30 talikka kirdi, Muhiddin Madaminov esa hindistonlik grossmeysterni mag‘lub etdi.

Umida Omonova 5, Nodirbek Yoqubboyev 31-o‘rinda. Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kuni qanday o‘tdi?
27 dekabr 2023, 22:53

Umida Omonova 5, Nodirbek Yoqubboyev 31-o‘rinda. Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kuni qanday o‘tdi?

Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.

“Blitsda men favoritman, tezkorda esa ko‘pchilik, jumladan, Abdusattorov yutishi mumkin” — Magnus Karlsen
26 dekabr 2023, 14:32

“Blitsda men favoritman, tezkorda esa ko‘pchilik, jumladan, Abdusattorov yutishi mumkin” — Magnus Karlsen

Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘ldi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen turnir uchun o‘z prognozini aytdi: “O‘zimni blitsda favorit deb bilaman, rapidda esa ko‘pchilik, jumladan, Nodirbek Abdusattorov yutishi mumkin”.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting